Katta yo`l chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo`laklar - trotuarlar qilingan. Ammo ba`zi haydovchilar ushbu joyni piyodalar uchun ekanligini unutib qo`yishmoqda.
“Yo`l harakati qoidalari”ning 91-bandiga ko`ra, “Transport vositasi svetofor ishoralari, yo`l belgilarini boshqa haydovchilardan to`sib qo`yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda to`xtashi taqiqlanadi” deya belgilanib qo`yilgan.
Ushbu qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnomalar tuzildi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.
Haydovchilardan avtomashinani piyodalar harakatiga xalaqit beradigan joylarda qoldirmaslik so`raladi.






