2020 yilning 24 fevral kuni soat 18:00 larda Chust tumani, Do`stlik mahallasida yashovchi X.Solijonov (1995 y.t., sudlanmagan, ishsiz) tanishi D.Ibragimovning (1995 y.t., sudlanmagan, ishchi) oldiga muqaddam unga sotgan uyali telefon apparti pullarini olish uchun ketib, qaytib kelmagan.
Mazkur holat yuzasidan 29 fevral kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov.
Tergov davomida, D.Ibragimov Chust tumani, Sadacha mahallasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish sexida X.Solijonov bilan o`zaro janjallashib, oldida bo`lgan temir bo`lagi bilan X.Solijonovning yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirib, shu erdagi maishiy chiqindilar orasiga ko`mib yuborganligi aniqlangan.
Jinoyat ishi bo`yicha D.Ibragimov JKning 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan (u ushlangan).






