AsosiyJamiyat

Qatarda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor: u yaqinda Erondan qaytib kelgandi

'Qatarda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor: u yaqinda Erondan qaytib kelgandi'ning rasmi

Shanba kuni Qatarda koronavirusning birinchi holati qayd etilgani haqida xabar berildi. Bemor 36 yoshli Qatar fuqarosi bo`lib, u yaqinda Erondan qaytib kelgan. Sog`liqni saqlash vazirligi o`z bayonotida bemorning ahvoli barqarorligini ma`lum qildi, deya yozdi Tarjumon.

Fors Ko`rfazidagi koronavirus etib kelmagan yagona davlat Saudiya Arabistonidir. Bu mintaqada virusdan eng ko`p zarar ko`rgan mamlakat Eron bo`lib, bu erda 43 kishi halok bo`lgan va qariyb 600 yuz kishida koronavirus borligi aniqlangan.

Ko`rfazning boshqa mamlakatlaridagi infeksiyalanganlarning aksariyati Eronga borganda yoki u erda bo`lgan odamlar bilan aloqada bo`lganda kasallikni yuqtirib olgan.

Hozirgacha Quvaytda 45 ta, Bahraynda 41 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 21 ta, Ummonda 6ta va Iroqda 13 ta kasallanish xolati borligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar