AsosiyDunyo

Moskvada koronavirusni yuqtirib olgan birinchi bemor aniqlandi

'Moskvada koronavirusni yuqtirib olgan birinchi bemor aniqlandi'ning rasmi

Rospotrebnadzor Moskva shahrida koronavirus yuqtirib olish bo`yicha birinchi holat kuzatilganini tasdiqladi, deya xabar bergan «Interfaks». Koronavirusga chalingan bemor rossiyalik David Berovning ushbu kasallikni Italiyadan yuqtirib kelgani aytilmoqda, deyiladi “Daryo” xabarida.

Ta`kidlanishicha, Rossiyada koronavirusni aniqlashning uch bosqichdan iborat jarayon asosida tekshirilmoqda. Dastlabki tashxis Moskvadagi 1-raqamli kasalxonada qo`yilgan, keyinchalik Rospotrebnadzor uni tasdiqlagan. Endi tahlil natijalari Novosibirskdagi «Vektor» markaziga yuborilgan va u erdan yakuniy xulosa beriladi.

Avval Berov bilan yana olti nafar fuqaroning bir xonada davolangani ma`lum bo`lgan. Tahlillar erkakda koronavirus aniqlanganidan keyin uni alohida xonaga olib o`tishgan. Berov bilan qo`shni bo`lgan Aslan Subxankulovning so`zlariga ko`ra, xonada yotgan hamma bermorlardan takroran tahlillar olingan va shifokorlar xatosi oshkor bo`lmasligi uchun ulardan bu haqida hech kimga aytmaslik so`ralgan.

29 fevralda koronavirusning to`rt nafar rossiyalikda kuzatilgani va ularning uch nafari Diamond Princess kemasi yo`lovchisi bo`lgan. Bir nafar rossiyalik esa kasallikni yuqtirib olgach Erondan Ozarbayjonga o`tgan.

1 mart holatiga ko`ra, butun dunyoda 86,9 ming nafar odam koronavirus bilan kasallangan, ularning ko`pchilik qismi virus o`chog`i bo`lgan Xitoy hududida. Taxminan 2,9 ming nafar odam kasallik tufayli vafot etgan, 42,1 ming nafar bemor esa kasallikdan tuzalgan.

    Boshqa yangiliklar