Samarqand shahri, Sattepo maskanida kecha, 29 fevral kuni tungi soat 23:50 atrofida ikkita erkak ko`chada qip yalang`och yurib, hammaga tomosha bo`ldi.
Aytishlaricha, ular 1.000.000 so`mdan garov bog`lab, shunday sharmandagarchilik qilishgan. Ya`ni, erkaklik or-nomusi va g`ururini pulga sotishgan. Bunday sharmandalarni erkak deyishga ham uyaladi odam.
O`ylaymizki, tegishli idoralar bu holatni o`rganib chiqib, xalqimiz sha`niga dog` tushirgan ushbu shaxslarga nisbatan tegishli choralarni ko`radi. Qo`yib bersangiz, xalqning o`zi ham ularning tanobini tortib qo`yishi mumkin, lekin hammasi qonun doirasida bo`lgani ma`qul.






