AsosiyJamiyat

TIV Koreya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

'TIV Koreya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat qildi'ning rasmi

COVID-19 koronavirusinining O`zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Koreya Respublikasi aviasiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab ikki mamlakat o`rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to`g`risida rasman xabardor qildi.

Aviaqatnovlar soni haftasiga 1 ta reysgacha qisqartiriladi. Janubiy Koreyadan O`zbekistonga keluvchi yo`lovchilar uchib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo`lib turadilar.

Koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatning barqarorlashishi bilan ikki davlat o`rtasidagi aviareyslar soni qayta tiklanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV so`nggi kunlar davomida koronavirusning tarqalishi bilan bog`liq holat og`irlashayotgan Koreya Respublikasi hududida bo`lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi:

- O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi:

(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;

- «UzbekistanAirways» AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo`yicha):

(+82) 10 8718-6850 (Ayubxon Abdullaev);

- O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha):

(+82) 10 8495-0027 (Odiljon Karimov).

 

    Boshqa yangiliklar