AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3 mingdan oshib ketdi

'Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3 mingdan oshib ketdi'ning rasmi

29 fevral kuni Janubiy Koreyada 813 kishida koronavirus borligi aniqlandi va bu bilan mamlakatdagi umumiy kasallanganlar soni 3150 kishiga etdi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda. 

Yangi kasallanganlarning 657 nafari virus o`chog`iga aylangan Degu shahrida aniqlangan bo`lsa, ulardan 79 nafari Shimoliy Gyeongang provinsiyasida tasdiqlangan.

Kasallanganlar soni bo`yicha Janubiy Koreya Xitoydan keyingi ikkinchi o`rinda turibdi. Bu mamlakatda 20 yanvar kuni birinchi bemorda koronavirus tasdiqlagandi. O`shandan beri har kuni rekord darajadagi infeksiyalangan aniqlanmoqda. Virus qurbonlari esa 17 kishiga etdi.

Hukumat aholini uydan ko`chaga chiqmaslikka chaqirgan. Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Kim Kang-lip brifingda: «Biz sizlardan shu hafta oxirida ommaviy tadbirlarda, jumladan, diniy yig`ilishlarda yoki norozilik namoyishlarida qatnashmasligingizni so`raymiz», dedi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, ushbu virusning pandemiyaga aylanish xavfi kuchaygan. Xitoyda 82 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirb oldi va ularning 2700 dan ko`pi halok bo`ldi. Xitoydan boshqa 46 mamlakatda 57 kishi ushbu epidemiya qurboniga aylangan.

    Boshqa yangiliklar