Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 06.12.2018 yildagi qarzdor “G`allaorol tuman yo`llardan foydalanish” UK hisobidan undiruvchi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK foydasiga jami 108.8 mln. so`m qarz undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning G`allaorol tuman bo`limi ish yurituvida mavjud edi, deya xabar qildi MIB.
Ijro harakatlari davomida 15.3 mln. so`m pul mablag`lari undirilgan hamda davlat ijrochisi tomonidan 26.02.2020 yil 26 fevral kuni qarzdorga tegishli bir dona “ISUZU SAZ NP26” rusumli, avtobus qarzdorlik evaziga xatlangan va “Elektron baholash” MChJning hulosasiga asosan 97.8 mln. so`mga baholangan holda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarildi.






