O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi va O`zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan mamlakatimizda fan-ta`lim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning innovasion g`oyalari, loyiha va ishlanmalarini hayotga joriy etishda ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida “O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanlovi o`tkazildi.
Ushbu tanlovning ananaviy o`tazilib kelinayotganligi, yurtimiz xotin-qizlarining ayniqsa, jajji qizlarning tanlovga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda, demak, yurtimiz xotin-qizlarining ixtirochilik va innovasion qobiliyatlarini keng jamoatchilikka namoyon etish orqali murg`ak qizlar qalbida yangilikka bo`lgan intilish tuyg`usining paydo bo`lishi, tanlovning kulminasion maqsadlariga mos keladi, bu esa, mamalakatimizda xotin-qizlarning ilmiy-amaliy salohiyatini yanada rivojlantirishga katta turtki bo`ladi.
“O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanlovi g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 28 fevral kuni soat 15 00 da Toshkent shahridagi INXA universitetida o`tkazildi.
Taqdirlash marosimida turli xorijiy tashkilotlarning vakillari, vazirlik, agentlik, idoralar hamda O`zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi xodimlari, O`zbekiston ixtirochi ayollari markazi ekspertlari, tanlov ishtirokchilari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.






