AsosiyJamiyat

Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o`rinbosari 4 000 AQSh dollari bilan ushlandi

'Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o`rinbosari 4 000 AQSh dollari bilan ushlandi'ning rasmi

Samarqandda fuqaroning “xorijdagi” o`qishini ko`chirib bermoqchi bo`lgan dekan o`rinbosari ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o`rinbosari Qozog`iston Respublikasining oliy o`quv yurtida o`qiyotgan talabani o`qishini Samarqand iqtisodiyot institutiga ko`chirish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o`rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar