Farg`ona vodiysidan qo`shni Qozog`iston Respublikasiga boruvchi yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida transport vazirligi tomonidan Farg`ona-Olmaota yo`nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma`lum qildi.
Ushbu yo`nalish bo`ylab qatnovlar joriy yilning 4 mart sanasidan boshlanadi. Yo`nalishning umumiy masofasi 1202 km bo`lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Qatnov “Farg`ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00 boshlanadi. Chiptalarni "Farg`ona shahar atrofi" avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan harid qilish mumkin.
Mazkur yo`nalishda "Uzautotrans Service" va "Tulpar-Baykonr" korxonalari yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.






