Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi, deya ma`lum qilmoqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Unda aniqlanishicha, fuqaro P.Sh. firibgarlik yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, Qarshi qurilish kolleji o`rnida “Qarshi zamonaviy ijtimoiy gumanitar instituti” ochilganligini va ushbu institutda o`zi dekan bo`lib ishlashini aytgan. Bu bilan M.A.ning jiyani R.M.ni mazkur o`qishga kiritib qo`yishni va`da berib, evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan P.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






