AsosiyJinoyat

Katta miqdordagi giyohvanlik vositalari o`tkazishning oldi olindi

'Katta miqdordagi giyohvanlik vositalari o`tkazishning oldi olindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 11:30larda IIB xodimlari tomonidan Termiz shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Afg`oniston Respublikasi fuqaro 52 yoshli N.A., 98,50 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 14.000.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv jarayonida, N.A., ushbu giyohvandlik vositasini belgilangan bojxona nazoratidan yashirin ravishda O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi
2-qismi (kontrabanda yo`li bilan katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o`tkazish) va JKning
25, 273-moddasi 5-qismi (katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o`tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Dastlabki tergov jarayonida N.A.,ga nisbatan ayblov e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar