Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi saytida ma`lum qilindi. Buyuk Britaniyaning Nottingem universiteti bitiruvchisi A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o`z faoliyatini boshladi.
Ravshan Ahmedov A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogik xizmatlar markazi”ga yangi direktor o`rinbosari etib tayinlandi.
2010-2014 yillarda Ravshan Ahmedov O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)” fakultetida tahsil olgan. 2018-2019 yillarda Buyuk Britaniyaning Nottingem universitetida “Ta`limda liderlik va ta`limni boshqarish” yo`nalishi bo`yicha magistraturani tamomlagan.
Hozirda Ravshan Ahmedov malaka oshirish tizimini xalqaro tajriba asosida malaka oshirishning kredit-modul tizimini joriy etish, maktab rahbarlari uchun milliy kasbiy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish loyihalari ustida ishlamoqda.
Shuni ta`kidlash lozimki, hozirgi kunda Xalq ta`limi vazirligidagi kadrlar salohiyatini oshirish va islohotlarni jadallashtirish maqsadida xorijda ta`lim olgan yoki faoliyat yuritgan mutaxassislar sohaga jalb qilinmoqda.
Xalq ta`limi islohotlariga o`z hissasini qo`shishni istagan shaxslar o`z rezyumelarini quyidagi elektron pochta orqali yuborishlari mumkin: hr.uzedu@gmail.com.






