Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida keltirilishicha, 26 fevral kuni taxminan soat 02:00 larda muqaddam qasddan badanga og`ir shikast etkazish jinoyati uchun sudlangan 20 yoshli Sh.M. Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, Chamanzor ko`chasida joylashgan choyxonada o`ziga notanish bo`lgan 38 yoshli B.K. bilan o`zaro janjallashib, yonidagi xo`jalik pichog`i bilan B.K.ning ko`krak qismiga tan jarohati etkazgan. Natijada B.K. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “b” bandi (o`ta xavfli residivist tomonidan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida xo`jalik pichog`i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. B.K. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






