O`zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida Belgiya nodavlat tashkilotining "" (Exploration du Monde - Dunyoni o`rganish) jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha direktori Verjin Chapelle bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida taniqli fransuz rejissyori Gill Uberning "O`zbekiston - firuza cho`l" hujjatli filmini ("Ouzbekistan - la turkuaz des dasht") 2020 yil 2 martdan 5 aprelgacha Belgiya va Lyuksemburgning 19 shahrida, shu jumladan Bryusselda namoyish etish masalalari muhokama qilindi. Hujjatli namoyish taqvimi bilan ushbu sayt orqali tanishishingiz mumkin.






