AsosiyJamiyat

O`zbekiston Xalq ta`lim vazirligi Jizzaxdagi maktabda o`quvchilarning sochi o`lchanayotgani holatiga izoh berdi

'O`zbekiston Xalq ta`lim vazirligi Jizzaxdagi maktabda o`quvchilarning sochi o`lchanayotgani holatiga izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o`quvchilarning soch uzunligi o`lchanayotganiga oid fotosuratlar e`lon qilindi. O`zbekiston Xalq ta`lim vazirligi o`quvchilarning sochini o`lchash yoki ularning tashqi ko`rinishini tekshirish bo`yicha hududiy xalq ta`limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq bermaganligini ma`lum qilamiz.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 666-sonli qarori bilandavlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlangan bo`lib, mazkur Nizomda o`quvchining tashqi ko`rinishiga bo`lgan talablar keltirib o`tilgan. Barcha ota-onalar va ularning o`rnini bosuvchi shaxslar o`quv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, o`quv yili davomida o`z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta`lim maktablariga kelishini ta`minlashga mas`ul hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar