Ikkinchi jahon urushida 1,5 milliondan ziyod mard va jasur O`zbekiston farzandi jang qilgan. Ularning ko`pi qurbon bo`lgan. Hozirgacha urushda halok bo`lgan o`zbekistonlik jangchilar qabrini topish, xotirasini abadiylashtirish ishlari davom etmoqda.O`zA muxbiri niderlandiyalik tadqiqotchi-jurnalist Remko Reyding bilan internet orqali gaplashib, tadqiqotlari bilan o`rtoqlashdi.
...Urush yillari Niderlandiya hududida ham ko`plab askarlar qurbon bo`ldi. Keyinchalik mingga yaqin jasur jangchilar xotirasi hurmati uchun alohida ramziy qabriston qilindi. Ular orasida Markaziy Osiyodan bo`lgan 101 askar borligi ma`lum bo`lgan. Yaqin yillarga qadar bu askarlarning aksariyati haqida tayinli ma`lumot yo`q edi, ularning yaqinlariga esa “bedarak yo`qolgan” deb yozilgan bir parcha qog`oz yuborilgan xolos.
Ta`kidlash joizki, 20 yildan buyon bedarak ketgan askarlar taqdirini o`rganib kelayotgan niderlandiyalik Remko Reyding tadqiqotlari tahsinga loyiq. Remko Reyding tadqiqot jarayoni haqidagi yangi tafsilotlarni gapirib berdi, shuningdek, o`zbekistonlik askarlarning yaqinlarini izlab topish masalasi hamon murakkabligicha qolayotganini aytdi.
27.02.2020 11:24
Niderlandiyada dafn etilgan o`zbek o`g`lonlari haqida yangi tafsilotlar ma`lum qilindi






