Rasmiy xabar: umra vizasi vaqtincha to`xtatildi, deya e`lon qildi Din ishlari bo`yicha qo`mita.
Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e`tiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasini taqdim etishni vaqtincha to`xtatdi.
Ushbu chora karonavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.
Saudiya hukumatining ushbu masala bo`yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e`lon qilinishi kutilmoqda, deyiladi Qo`mita Matbuot xizmati xabarida.






