Bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yo`lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Mazkur chora koronovirusning O`zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o`tkazilgandan so`ng va SARS belgilari yo`qligi tasdiqlangandan so`ng, yo`lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.






