AsosiyJamiyat

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e`lon qilindi

'Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e`lon qilindi'ning rasmi

26 fevral kuni “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.

Muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2020 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatiladi.

    Boshqa yangiliklar