AsosiyJamiyat

Xabarovskda 1943 yilda bedarak yo`qolgan namanganlik askarning xati topildi

'Xabarovskda 1943 yilda bedarak yo`qolgan namanganlik askarning xati topildi'ning rasmi

Xabarovskda o`zbekistonlik harbiyning xatlari topildi. U 1943 yilda bedarak yo`qolgan. Xatlar Rakitny qishlog`ida topildi. O`zbekistonlik harbiy Igor Astashin onasiga xat yozgan. Arxivlarni o`rganish jarayonida Astashin 1943 yilda yo`qolgani ma`lum bo`ldi. O`sha paytda u 20 yoshda bo`lgan. 

Xatlar Uzoq sharq ilmiy kutubxonasiga qayta tiklash uchun yuborilgan. Xabarovskdagi o`zbek diasporasi vakillari Namangan viloyatidagi rus maktabga murojaat qilishgan. Xatlarda aynan shu manzil ko`rsatilgan. Harbiyning onasi o`sha maktabda direktor bo`lib ishlagani ma`lum bo`ldi. Lekin ayol pensiyaga chiqqandan so`ng yo`qolib qolgan. Hozirda o`zbekistonlik vakillar harbiyning qarindoshlarini izlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar