AsosiyDunyo

Dehli ko`chalarida yuz bergan tartibsizliklarda 20 kishi halok bo`ldi

'Dehli ko`chalarida yuz bergan tartibsizliklarda 20 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Dehlida fuqarolik to`g`risidagi yangi qonun qabul qilinganidan keyin boshlangan tartibsizliklar oqibatida so`nggi kunlarda kamida 20 kishi halok bo`ldi, yana 190 kishi jabrlandi. 

«Kasalxonaga yotqizilganlarning 189 nafari yaralangan va 20 nafari vafot etgan», - deya Dehlidagi Guru Teg Bahadur kasalxonasining bosh shifokori OAVga iqtibos keltirdi.

Dehli bosh vaziri Arvind Kejrival shahardagi vaziyatni «xavotirli» deb atadi va vaziyatni nazorat qilish uchun harbiylarni chaqirish kerakligini aytdi.

«Polisiya, barcha urinishlarga qaramay, vaziyatni nazorat qilish va ishonch uyg`otishga qodir emas. Qurolli kuchlarni chaqirib, zarar ko`rgan hududlarda zudlik bilan komendantlik soati joriy etish kerak», — deb yozadi Kejrival o`z tvitterida.

Chorshanba kuni ertalabdan huquqni muhofaza qilish kuchlari eng ko`p zarar ko`rgan hududlarda ko`payishi kuzatilmoqda.

OAV xabariga ko`ra, 500 kishilik guruh Ashok-Nagar hududidagi masjidning eshiklarini sindirgan va uni yoqib yuborgan. 

Kechroq yana bir kichik masjid va mahalliy bozorda musulmon do`konlar yoqib yuborilgan. Tuman fuqarosining so`zlariga ko`ra, to`da uch soatdan ko`proq vaqt davomida hind millatchilarining shiorlarini hayqirib masjidni vayron qilgan.

Dehlining shimoli-sharqidagi tartibsizliklar yakshanba kuni boshlanib, dushanba kuni zo`ravonlik tusini oldi.

    Boshqa yangiliklar