AsosiyDunyo

Moskvada Putinni tanqid qilgan polkovnikka qarshi jinoiy ish qo`zg`atildi

'Moskvada Putinni tanqid qilgan polkovnikka qarshi jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Moskva viloyati huquq-tartibot idoralari Rossiya Federasiyasi Prezidentiga yo`llangan shov-shuvli xat muallifi polkovnik Mixail Shendakovga qarshi jinoiy ish qo`zg`atdi. U Ukrainadagi vaziyatni va Qrimning Rossiya Federasiyasiga qo`shib olinishi munosabati bilan Rossiyaning pozisiyasini keskin tanqid qildi.

RF Jinoyat kodeksining 282-moddasi 1-qismi bilan Moskva viloyati Tergov qo`mitasining Bosh tergov boshqarmasi Krasnogorsk tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Shendakov Youtube da adovatni qo`zg`ashga qaratilgan videochiqishlarni joylashtirganlikda, shuningdek, ma`lum bir ijtimoiy guruhga mansublik belgisi bilan insonning qadr-qimmatini kamsitishda ayblanmoqda.

Shendakov - zaxiradagi polkovnik. Harbiy muhandislik qo`mondonlik maktabining bitiruvchisi. Kavkaz va Afg`onistondagi urushlarda qatnashib, medallar bilan taqdirlangan. "Rossiya marshi"da bir necha bor ishtirok etgan va amaldagi hokimiyatning harakatlari Rossiyaning qulashiga olib kelishini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar