2020 yil 27 fevral kuni soat 10.30 da jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida sudlanuvchilar I. Isroilov (“Straus House” MChJ ta`sischisi), A. Maxmutaliev (“Straus House” MChJ direktori), D. Qutpiddinov (“Straus House” MChJ direktori o`rinbosari) va O. Saidov (“Straus House” MChJ bosh hisobchisi) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda "Darakchi.uz" ga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi sudyasi O. Ilhomjonov raisligida ko`rib chiqiladi.
Sudlanuvchilar I. Isroilov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandi, 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash) ning 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) ning 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining “a” bandi va 238-moddasi (yolg`on guvog`lik berish) 3-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan;
A. Maxmutaliev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan;
D. Qutpiddinov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan;
O. Saidov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Ushbu jinoyat ishi bo`yicha 300 dan ortiq jabrlanuvchi va fuqaroviy da`vogarlar mavjud.
Ayblov xulosasi bo`yicha moddiy zarar miqdori 7 906 800 200 so`m bo`lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 1 845 800 000 so`m miqdorini bartaraf etish chorasi ko`rilgan.
Dastlabki tergovda xatlangan mol-mulk - 4 ta “Lasseti”, “Spark” va “Malibu” rusumli avtomashinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqo`rg`on ko`chasida joylashgan xonadonga taqiq qo`yilgan.
Jabrlanuvchilar ko`pligi va turli hududlardan bo`lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishi yashash joylaridagi sudlar binolarida o`rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta`minlanadi.






