17 fevral kuni, Marg`ilon shahar IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi. Unda Marg`ilon shahar Toshkesar MFY xududida ketayotgan 38 yoshli fuqaro T.U., to`xtatilib, ko`zdan kechirilganida, cho`ntagidan selofan paketda "nasha" giyohvand moddasiga o`xshash, o`tkir xidli, o`simliksimon modda borligi topildi.
Ekspertiza xulosasiga ko`ra, T.U.ni yonidan olingan modda “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan T.U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay, qonunga xilof ravishda ko`p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






