G`ijduvon tumani Taxtaxon mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan, turmushga chiqmagan, ma`lumoti o`rta, vaqtincha ishsiz fuqaro O.Yu fuqarolik pasportini olgan holda 2020 yil 6 fevral kuni soat 14:00 larda yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketgan va bedarak yo`qolgan.
Xodimlar tomonidan olib borilgan qidiruv surushtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro 24 fevral kuni Buxoro shahri hududida yurganligi aniqlanib, oilasiga qaramog`iga qaytarildi.






