2020 yiling 19 fevral kuni taxminan soat 17:30 larda Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasi hududida 19 yoshli U.E. 1,50 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ancha miqdordagi giyohvandlik vositalarini o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov davom ettirilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






