Samolyot Tehrondan Istanbulga qarab parvoz qilgan, ammo u havodayoq ortga, Anqara aeroportiga qaytarilgan. 17 yo`lovchida harorat ko`tarilgan, ularda koronavirus borligiga shubha paydo bo`lgan.
Samolyot Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan, deya xabar beradi Hurriyet Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Faxretdin Kodjaga asoslanib.
Barcha 132 nafar yo`lovchi va ekipaj a`zolari ikki hafta davomida karantinda saqlanadi va tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.






