AsosiyJamiyat

Andijonda darsga kelmaganlardan jarima undirganligi holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

'Andijonda darsga kelmaganlardan jarima undirganligi holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Joriy yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Kechga qolgan o`quvchidan 2000 so`m, darsga kelmaganlardan 10 000 so`m jarima puli undirilar ekan” mazmunda berilgan maqola yuzasidan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi.

Andijon shahridagi 1-sonli umumta`lim maktabidagi holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining nazorat-huquqiy hizmati hamda Andijon viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o`rganib chiqilmoqda.  

O`rganish natijasi bo`yicha tasvirdagi holat yuzasidan umumta`lim maktabining o`qituvchisi, 7 “b” sinf rahbari Hayotxon Mahmudovaga nisbatan qonun doirasida chora ko`rildi. O`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Yakuniy xulosalar bo`yicha yana qo`shimcha axborot taqdim etiladi, deya xabar beradi Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar