Kecha, 25 fevral kuni Eronda yana ikki kishi koronavirus qurboniga aylandi va bu bilan epidemiyadan halok bo`lganlarning umumiy soni 16 taga etdi, deyiladi Tarjumon xabarida.
Ba`zi tasdiqlanmagan xabarlar qurbonlar sonining bundan ko`pligini ochiqlagan. Eronliklar hukumatning virusning ko`lamini to`g`ri baholay olmayotganidan xavotirga tushmoqda.
«Yana 35 kishida virus borligi tasdiqlandi va ikki kishi ushbu infeksiyasidan vafot etdi», dedi Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur. Uning so`zlariga ko`ra, Eron bo`ylab 95 kishi epidemiyani yuqtirib olgan.
Ayni damda Eron virus qurbonlarining soni bo`yicha Xitoydan keyingi ikkinchi ko`rsatkichni qayd etmoqda. Hukumat butun mamlakat bo`ylab konsertlar va futbol o`yinlarini bekor qilish hamda ko`plab viloyatlardagi maktablar, universitetlarning yopilishi haqida buyruq berdi. Aholi ko`chaga chiqmaslikka chaqirilgan.
“Bu chaqirilmagan va yomon mehmon. Xudo xohlasa ushbu virusni engib chiqamiz» deydi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy televideniyadagi nutqida.
Virusning tarqalishi sabab Eron izolyatsiya xavfi ostida qolmoqda. Kanada, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Afg`oniston va Iroqda Erondan kelgan sayohatchilarda koronavirus holatlari aniqlangan. Shundan keyin bu mamlakatlar Eron bilan parvozlarni vaqtincha to`xtatdi






