AsosiyJamiyat

Farg`onada Tez yordam mashinasi “Neksiya”ning yo`liga chiqib ketib, uni ag`darib yubordi

'Farg`onada Tez yordam mashinasi “Neksiya”ning yo`liga chiqib ketib, uni ag`darib yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 12:30 larda Farg`ona viloyati, Farg`ona tumanida yashovchi N.M. “Farg`ona shifo” tez yordamavtoxo`jalik korxonasiga tegishli bo`lgan “Nissan” rusumli transport vositasini 4K920 avtomobil yo`lida boshqarib ketayotib, 4R112 avtomobil yo`li bilan kesishgan chorrahaga kelganda, asosiy yo`lda harakatlanib kelayotgan R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi yo`liga chiqib ketishi natijasida to`qnashuv sodir bo`lgan. Buning oqibatida  R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli  avtomashina ag`darilib, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, ushbu yo`lda harakatlanib kelayotganD.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to`qnashgan.         

Natijada haydovchi R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida bo`lgan yo`lovchilarT.R. va A.S.lar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan. 

Hurmatli yo`l harakati ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishingizni so`rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar