AsosiyJamiyat

Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi

'Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi'ning rasmi

Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg yo`nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi. Bu haqda Transpopt vazirligi xabar qildi.

Bugun soat 09:00 Samarqand avtovokzalidan yo`lga chiqqan avtobus “Toshkent” avtovokzalidan qo`shimcha yo`lovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yo`l oldi. Mazkur yo`nalish qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo`lovchilar Sank-Peterburg markaziy avtovokzaliga etkazib qo`yiladi.

Mazkur yo`nalish bo`ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so`m Toshkentdan esa 800 000 so`mni tashkil etadi. Yo`nalishda O`zbekiston tomonidan "Uzautotrans service" MChJ va Rossiyaning "TTK GLOBUS" MChJ yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. 

Boshqa yangiliklar