Joriy yilning 25 fevral kuni soat 09:45 larda Andijon viloyati, Xo`jaobod tumani, Xidirsha MFY hududida joylashgan “Xolis tafakkur” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish shahobchasida “Shukurullo vodiy trans” MChJga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli transport vositasi gaz ballonida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Avtomashinaga metallo kompozitli (skoch) gaz ballonining kompozit qismi shilib olinib, o`zboshimchalik bilan o`rnatilganligi ma`lum bo`ldi.
Portlash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan. “Shukurullo vodiy trans” MChJga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli hamda fuqaro N.O`.ga tegishli bo`lgan “Spark” rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.
Barcha haydovchilardan taqiqlangan gaz ballonlarni transport vositalariga o`zboshimchalik bilan o`rnatib olmasliklarini, o`zlari va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.






