Fransiya sog`liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorlar davolanishga muvaffaq bo`lganini ma`lum qildi, deb xabar berdi «RIA Novosti»ga assolanib Daryo.
Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha 12 ta holat aniqlangan, bir bemor vafot etgan.
«Fransiya hududida koronavirusga chalingan boshqa odam yo`q. Virus endi tarqalmayapti. Lionda shifoxonaga olib kelingan so`nggi bemor ham davolanib bo`ldi. U endi xavf tug`dirmagani sabab uyiga qaytdi», — deydi Veran.
Avvalroq Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o`tgani ma`lum bo`lgan edi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyda o`tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini tashkil etib, jami vafot etganlar esa 2663 kishiga etgan.






