AsosiyJamiyat

"Migalka" qilgan "Damas"chilarga chora ko`rildi

'"Migalka" qilgan "Damas"chilarga chora ko`rildi'ning rasmi

21 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Damaschilarda yangi modami bu led qo`yib migalka qilish? Qatorasiga 2 tasida shunaqa faqat yonib tursa indamagan edik, endi bunisi oshib tushdi. Rosa ko`zni olar ekan” sarlavhali videotasvir e`lon qilingan edi. 

Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra,  Yakkabog` tumani Jaychi mahallasida yashovchi 29 yoshli Fazliddinov Bobur 23 fevralda IIB YPX inspektori katta serjant G`.Egamnazarov tomonidan  "Damas"  avtomashinasini xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotganligi sabab to`xtatiladi. Tekshirilganda avtomashina old o`rindig`ida 12 yoshga to`lmagan yosh bolani qarovsiz holda mindirib olgani hamda avtomashina old chiroqlariga ishlab chiqaruvchi korxona nazarda tutmagan yorituvchi qurilmalarni o`rnatib foydalanib kelganligi holati aniqlangan. Shu  sababli,  MJtKning 125-moddasi 1-qismi, 128-moddasi va 127-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Yakkabog` tumani “Oqtosh” MFY Qaldirg`och ko`chasida yashovchi  48 yoshli Ahmedov Yuldoshga nisbatan ham 23 fevralda katta serjant G`.Egamnazarov tomonidan  o`z  avtomashinasini  kamar taqmasdan boshqarganligi uchun to`xtatiladi. Tekshirilganda avtomashina old chiroqlariga ishlab chiqaruvchi korxona nazarda tutmagan yorituvchi qurilmalarni o`rnatib foydalanib kelganligi ham aniqlanadi. 

Shu sababli, MJtKning 125-moddasi 1-qismi va 127-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar