AsosiyJamiyat

"Sutkasiga 10, 15, 20, 25 soat ishlash bu qullik". Blogerdan mehnat qonunchiligiga bo`ysinmaydigan vazirliklar va huquqini talab qilolmaydigan ishchilarga ikki og`iz gap

'"Sutkasiga 10, 15, 20, 25 soat ishlash bu qullik". Blogerdan mehnat qonunchiligiga bo`ysinmaydigan vazirliklar va huquqini talab qilolmaydigan ishchilarga ikki og`iz gap'ning rasmi

So`nggi paytlarda mehnat qonunchiligini ta`minlash borasida qator bayonot va ichki buyruqlarga qaramay, bank va moliya sohasida ish vaqtidan keyin ham ish joyida qolayotganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda izohlar qoldirishmoqda.

 Bloger bundan noliyotgan ishchilar va mehnat qonunchiligiga rioya etmaydigan vazirliklarga ikki og`iz firk bildirdi.

- Avvalo, mehnat qonunchiligida ish rejimi borasida barcha talablar belgilangan bo`lishiga qaramay, ish rejimiga amal qilish borasida vazirlik va idoralarda chiqarilayotgan buyruq va farmoyishlar g`irt ikkiyuzlamachilikdir.

Mana shu buyruq va farmoyishlarni chiqarib turib ham xodimlarni 18:00dan keyin yoki shanba kuni ishda ushlab turish, yoxud ularni ishxonadan chiqarib keyin orqa eshikdan qayta kiritish ikki karra ikkiyuzlamachilikdir.

Bu voqeliklar fonida O`zbekistonda majburiy mehnat tugatilgani yoki unga qarshi kurashilayotgani qip-qizil profanasiya bo`lib qolmoqda. Chunki Qonunchilikda belgilangan haq to`lamay ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish - bu majburiy mehnat.

Shu o`rinda vazirliklar va davlat idoralari rahbariyatiga murojaat qilmoqchiman, vazifa va topshiriqlarni ish vaqtida bering, mehnat unumdorligini ish vaqtida oshiring. Ishdan keyin ishda qolgan yoki shanba kuni ishga chiqqan xodim ishlamaydi, u ish joyida o`tiradi, vaqtini, hayotining bir qismini behuda o`ldiradi. Sutkasiga 10, 15, 20, 25 soat ishlash bu qullik. Qullar va qullik samarali emas.

Ishdan keyin qolib va shanba kuni ishga chiqib, mana ishda o`tiribman, deya yozg`irayotgan do`stlar. Siz shunchalar ojizmisiz? Yo o`zingizning raqobatbardosh mutaxassis ekaningizga ishonmaysizmi? Tasavvur qilaylik, uchinchi sinf kallasi bilan qolgan dunduk rahbaringiz ishdan keyin qolmaganingiz yoki shanba kuni ishga chiqmaganingiz uchun sizga zug`um o`tkazdi, mukofotni kesdi yoki ariza yozishga majbur qildi. O`zingizni himoya qila olmaysizmi? Hech qursa bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ochiq yoza olmaysizmi? Unda shu tartibda davom etavering. Sizga hech kim yordam bera olmaydi.

    Boshqa yangiliklar