AsosiyDunyo

Shahzoda bin Salmonning isrofgarchiligi amerikalik repperning tilini shol qilib qo`ydi

'Shahzoda bin Salmonning isrofgarchiligi amerikalik repperning tilini shol qilib qo`ydi'ning rasmi

Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi tafsilotlar amerikalik repperlardan birining intervyusidan ma`lum bo`ldi. Rep ijrochisi Lil Ueyn Saudiya Arabistoniga safari chog`ida yuz bergan voqea haqida gapirib berdi. Bu haqida tarjimon sayti yozmoqda. 

Musiqachining so`zlariga ko`ra, u shaxsiy aeroportga kelib qo`ngan, ammo bojxonada chamadonini skaner qilish paytida umumiy qiymati 25 ming AQSh dollaridan ortiq bo`lgan qimmatbaho zargarlik buyumlari payqalgan va Saudiya bojxonachilari repperga bu qimmatbaho yukni deklarasiya qilmaganligini aytishgan.

«Men o`zimga-o`zim [juda bema`ni so`zlar bilan] shunday dedim, men hozir samolyotimga qaytib o`tiramanda, bu erga boshqa umuman qaytib kelmayman, bu erda mening qiladigan hech qanday ishim yo`q», degan amerikalikning so`zlaridan AlBawaba ga tayanib, IslamNews nashri iqtibos keltiradi.

«To`satdan, men u erda o`tirganimda, ular, janob oliylari, bularning barini haqida bilib qolibdilar [bema`ni so`zlar ] va juda jahli chiqibdi, ichkariga kiravering, hammasi joyida, deb aytishdi.»

«Samolyotdan tushganimda, hammasi huddi haykallarga o`xshab turishardi. Ular menga hammasi bor-yo`g`i 5 daqiqani oladi», deb aytishdi.

Lil Ueynning so`zlariga ko`ra, ko`p o`tmay shahzoda Bin Salmon ko`rinishidan juda jahli chiqqan holda uning xonasida paydo bo`lgan va 25 ming dollar bilan sodir bo`lgan voqea uchun unga sovg`a olib kelganini aytgan – bu sovg`a qiymati ancha baland bo`lgan, qo`l soati bo`lib chiqqan.

«U xonadan chiqib ketar chog`ida esa shunday dedi: «Iya, men unutayozibmanku – Lamborjinimi yoki Ferrari?” Men shunchaki umumiy suhbat deb o`yladim va Lamborjini dedim. U qaysi mashina yaxshiroq deb so`rayapti deb o`ylabman. Keyin, u mendan qaysi rangi deb so`radi, men esa qora rangli deya javob berdim. Bin Salmon 3 hafta ichida u sizning uyingiz oldida bo`ladi va men hammasi uchun uzr so`rayman, deb aytdi», hikoya qiladi repper.

O`sha aytilgan paytda uning uyi oldida yangi qora Lamborjini avtomobili paydo bo`lganida, repchi qanchalik hayratga tushganligini tasavvur qilish mumkin edi. «Ahir men uni hazillashyapti deb o`ylagandim!», deydi repchi.

Valiahd shahzodaning bunday behuda isrofgarchiligi nafaqat Lil Ueynni, balki arab dunyosini ham hayratda qoldirib, ijtimoiy tarmoqlarda nafratga to`la sharhlar yomg`irday yog`ilib ketdi.

    Boshqa yangiliklar