AsosiyJamiyat

Jarima maydonchasidan mashinani olib chiqish uchun 1.000.000 so`m bermoqchi bo`lgan haydovchi qo`lga olindi

'Jarima maydonchasidan mashinani olib chiqish uchun 1.000.000 so`m bermoqchi bo`lgan haydovchi qo`lga olindi'ning rasmi

 Sirdaryo viloyati Sardoba tumani IIB YHXB YPX katta inspektori Z.Djabbarov hududda xizmat olib borayotgan vaqtida,  haydovchi R.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini to`xtatganda yon oldi oynalarini tusi tegishli ruxsatnomasiz o`zgartirilganligi aniqlandi. Ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yilgan. 24 fevral kuni haydovchi R.M. tuman IIB YHXB MA inspektori J.Xolbo`taevga transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etgan.  

Xodimning bildirgisiga ko`ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi R.M. tuman YHXB MA inspektori J.Xolbo`taevga 880 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo`lga olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar