Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida “ECO ART HOTEL” mehmonxonasi ish boshladi. Bu haqda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda Toshkentda alohida rejalar asosida mahalliy va xorijiy sayyohlarga har tomonlama sifatli xizmat ko`rsatuvchi mehmonxonalar qurish yuzasidan faol ish olib borilmoqda.
Mehmonxona 47 kishiga mo`ljallangan bo`lib, 23 ta nomerdan iborat. Mehmonxonada mehmonlarga sifatli va qulay xizmat ko`rsatilishi bilan bir qatorda, bu erga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtoturargoh hamda Wi-Fi, 24 soat faoliyat yurituvchi restoran, valyuta ayirboshlash, shuningdek, aeroport va vokzalga etkazib qo`yish va olib kelish xizmatlari ham yo`lga qo`yilgan.






