Toshkent metropolitenining Yunusobod tarmog`i qurilishi sababli bugun tunda tumanning bir nechta dahalarda issiqlik ta`minoti to`xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 25 fevral kuni soat 00:00 dan Yunusobod - 11, 12, 13, 15, 16, 18, 19 dahalarida istiqomat qiluvchi iste`molchilarda to`liq hamda Yunusobod 14 dahasida istiqomat qiluvchi iste`molchilarda qisman vaqtincha issiqlik ta`minoti to`xtatiladi.
Issiqlik ta`minoti 2020 yil 25 fevral kuni soat 22:00 da tiklanadi.
"Toshissiqquvvati" DUK noqulayliklar uchun uzr so`radi.






