Farg`ona viloyatida o`tkazilgan «Mehr» tadbiri davomiida 7392 ta sodir etilgan kichik qoidabuzarliklar uchun ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilmadi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB ma`lum qildi.
Joriy yilning 14 fevral kunidan 21 fevral kuniga qadar o`tkazilgan «Mehr» tadbirida harakat ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga yanada yuksaltirishni maqsad qilgan bir haftalik tadbirlar davomida viloyat hududidagi avtotransport vositalari harakati serqatnov bo`lgan avtomobil yo`llari va ko`chalar yoqalarida joylashgan ta`lim muassalarida harakat xavfsizligini ta`minlash ishlari olib borildi.
Jumladan, piyodalar, velosipedchi va haydovchilar tomonidan 7392 ta sodir etilgan kichik qoidabuzarliklar (yo`l belgi va chiziqlariga amal qilmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va shu kabilar) uchun bayonnoma rasmiylashtirilmay, ularga ushbu qoidabuzarliklar natijasida kelib chiqishi mumkin bo`lgan mudhish hodisalarning og`ir oqibatlari to`g`risida ogohlantirildi.
Tadbirning mazmun mohiyatini aholiga etkazish, shuningdek, yo`l harakati qoidalarini targ`ib qilish maqsadida harakat ishtirokchilariga 30 ming dona bukletlar tarqatildi.






