Professional boksning yarim o`rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov may oyida jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Abduqahhorov 16 may kuni IBFning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rossiyalik Sergey Lipinesga qarshi ringga ko`tariladi. Jang Los-Anjeles yoki Las-Vegasda bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda. Jang Premier Boxing Champions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilishi aytilmoqda. Bu orqali O`zbekiston tarixida birinchi marta bir yo`la ikki bokschi bir kalendar yilida jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqqan bo`ladi. 30 yanvarda Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) ikki yo`nalish bo`yicha chempionlikni qo`lga kiritgandi.
Eslatib o`tamiz, Qudratillo Abduqahhorov 2019 yilning 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) ochkolar hisobiga mag`lubiyatga uchratgan va buning evaziga mazkur yo`nalish chempionligi uchun majburiy da`vogarna aylangandi.
Oldinroq IBF amaldagi chempion Errol Spensga (26-0, 21 KO) istisno tariqasida tegmaslikka qaror qilgan va Abduqahhorovga reytingda uchinchi o`rinda borayotgan Sergey Lipinesga qarshi jang o`tkazish bo`yicha taklif bergandi.






