AsosiyJamiyat

Navoiyda mudhish avtohalokat oqibatida ikki yosh yigit vafot etdi

'Navoiyda mudhish avtohalokat oqibatida ikki yosh yigit vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 24 fevralkuni soat 03:50 atrofida fuqaro Sh. Q. boshqaruvida bo`lgan “Shahobiddin Trans” MChJga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinada Navoiy shahar G`alaba shohko`chasi va L.Tolstoy ko`chalari kesishgan chorrahada svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasligi oqibatida fuqaro Sh. H boshqaruvida bo`lgan “Ravon-R3” rusumli avtomashina bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda xs.uz xabar berdi.

Sodir bo`lgan avtohalokat oqibatida “Matiz” avtomashinasi yo`lovchilari, ya`ni 2000 yilda tug`ilgan, Navbahor tumani “Navkor” MFYda istiqomat qilgan O.I. hamda 1996 yilda tug`ilgan F. S. vafot etgan.

Shuningdek, mazkur yo`l harakati hodisasida 2000 yilda tug`ilgan uchinchi yo`lovchi bosh miya ochiq jarohati, ko`krak qafas yopiq jarohati tashxisi bilan Navoiy shahridagi markaziy kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Dastlabki xulosalarga ko`ra YTH “Matiz” avtomashinasi yo`l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo`lgan.

Viloyat IIB YHXB bergan ma`lumotlarga ko`ra YTHda ishtirok etgan har ikki avtomobil haydovchilari yil davomida YTH sodir etishmagan.

Boshqa yangiliklar