AsosiyJamiyat

Guliston shahrida “Yuqori tezlik cheklangan” yo`l belgilari chizilmoqda

'Guliston shahrida “Yuqori tezlik cheklangan”  yo`l belgilari chizilmoqda'ning rasmi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrining transport vositalari serqatnov ko`chalaridagi yo`llarga “Yuqori tezlik cheklangan” yo`l belgilari chizib chiqilmoqda. Aynan yo`lga chizilishining sababi, ayrim haydovchilarimiz yo`l chetiga o`rnatilgan yo`l belgilarini e`tiborsiz qoldirishmoqda. 

Buning natijasida esa turli ko`rinishdagi yo`l-transport hodisalari yuzaga kelmoqda. Yo`lga chizilgan belgi har bir haydovchining e`tiborini tortadi. Avtomashinalar tezligini nazorat qilish orqali albatta ko`plab yo`l-transport hodisalari oldi olinadi. Shu bilan bir qatorda, haydovchilardan ham yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar