So`nggi 30 yilda sobiq SSSR mamlakatlaridagi aholi soni qanday o`zgargan? Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norovning telegram kanalida xabar berdi.
1989 yilda sobiq Ittifoq hududi aholisi 286 mln., 2019 yilda esa 296 mln. kishini tashkil etgan, ya`ni 10 mln.ga ko`paygan. Moldova (-38,2%) va Gruziya (-31,5%) nisbatan aholisi eng ko`p kamaygan davlatlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy o`sish qayd etilgan: Tojikiston (+78,6%), O`zbekiston (+67,1%) va Turkmaniston (+65,6%).






