AsosiyJamiyat

Shayxontohur tumanida navbatdagi oilaviy mehmon uyi ochildi

'Shayxontohur tumanida navbatdagi oilaviy mehmon uyi ochildi'ning rasmi

Toshkent shahrida oilaviy mehmon uylari sonining ortib borishi shahrimiz aholisiga qo`shimcha daromad topish uchun katta ko`mak bermoqda. 

Jumladan, shu yilning 20 fevral kuni Shayxontohur tumani, Labzak ko`chasi, 32-uy, 31-xonadonda “ALMAS SHAN UNITED” OK tomonidan navbatdagi oilaviy mehmon uyi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ko`p qavatli uylardan birida ochilgan ushbu oilaviy mehmon uyi barcha zamonaviy talablarga javob beradi hamda 10 nafar kishiga mo`ljallangan 3 xonadan iborat. Shu munosabat bilan, kecha oilaviy mehmon uyi egasi Malika Shayxovaga Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan oilaviy mehmon uylari yagona reestridan ko`chirma taqdim etildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar