AsosiyJamiyat

Internet tezligi bo`yicha davlatlar reytingida O`zbekiston oxirgi o`rinlarda qayd etildi

'Internet tezligi bo`yicha davlatlar reytingida O`zbekiston oxirgi o`rinlarda qayd etildi'ning rasmi

Davlatlarning internet tezligi bo`yicha reytingi e`lon qilindi. WebsiteToolTester kompaniyasi tuzgan reytingga ko`ra, eng tezkor internet Tayvan, Singapur, Jersi oroli (La-Mansh bo`g`ozidagi orol), Shvesiya va Daniyada mavjud. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar berdi.

Reyting etakchisi Tayvanda internet tezligi 2017-2019 yillar ichida 147 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu davlatda internet orqali 5 gigabaytlik kinoni 8 daqiqa 2 soniyada ko`chirib olish mumkin, o`rtacha internet tezligi 85 Mbit /soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, etakchi yigirmatalikka Yaponiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Shveysariya, Norvegiya, Andorra, Ispaniya, Belgiya, AQSh, Latviya, Yangi Zelandiya, Estoniya, Honkong, Vengriya va Litva kirgan.

Ta`kidlash joiz, O`zbekiston 207 davlat ichida 181-o`rinni egallagan. O`zbekistonda internet tezligi bir yil ichida 33,8 foizga, 2 yil ichida 80 foizga oshgan. Davlatimizda internet orqali 5 Gblik kinoni o`rtacha 8 soat 18 daqiqada ko`chirib olish mumkin, o`rtacha internet tezligi 1,37 Mbit/soniyani tashkil qiladi. 

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog`iston 113-o`rinni, Qirg`iziston 155-o`rinni, Tojikiston 192-o`rinni, Turkmaniston 203-o`rinni egallagan.

Internet tezligi eng past davlatlar qatoridan Ekvotarial Gvineya, Sharqiy Timor va Yaman joy olgan.

 

    Boshqa yangiliklar