O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga Murojaatnoma yo`llagan edi. O`zbekiston rahbarining murojaatnomasi turk tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Murojaatnomada ayni vaqtda mintaqada muhim markaz sifatida o`rnini topib borayotgan O`zbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi qarashlari, kelgusidagi qadamlar aks etgan. Shu bois u kitob holida chop etilib, Turkiya Respublikasi Prezidenti devonining Xalq kutubxonasiga ham joylashtirildi.
Murojaatnoma birinchi bosqichda 1000 nusxada chop etilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 19-20 fevral kunlari Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bo`lgan edi.






