Samarqand shahar Nurafshon mahallasida yashovchi 1964 y.t R.S.ning yashash xonadoniga kimdir derazasini buzib kirib, uyida bo`lgan sandiq ichidan jami 13.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini talon-taroj qilib voqea joyidan yashiringan.
Biroq jinoyatchining xursandchiligi uzoqqa bormadi. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 1-son IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyat Pastarg`om tuman Shombuloq mahallasida yashovchi, 1975 y.t X.Q. sodir qilganligi aniqlanib, undan 2.000 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.Q.ga nisbatan O`zbeksiton Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






